Bir surani qayta zam qilish

Assalomu alaykum! Men yaqindan 5 vaqt nomoz o‘qishni boshladim. Har bir nomozlarimda zam qilib “Kavsar” va “Ixlos” suralarini o‘qiyman. Yaqinda bir hadis eshitib qoldim. Sahobolardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kelib, “Ixlos surasini o‘qishni juda yaxshi ko‘raman” deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “insha Alloh bu sizni jannatga etaklaydi” deb javob bergan ekan. Shuni eshitgandan keyin “Ixlos” surasini men ham yaxshi ko‘rib qoldim. Nomozlarimni har bir rak’atida shu surani zam qilib shu surani o‘qisam bo‘ladimi? Bazi manba’larda “joiz emas har ikki rakat 2 xil sura zam qilish kerak” deyilgan ekan. Sizdan aniq ma’lumot istab shu savolni yo‘lladim. Robbim barchamizni O‘zi sevgan bandalari safidan qilsin. Amiyn.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farzning har rak’atlariga bir surani takror o‘qish makruh hisoblanadi. Sahobalarning holatlariga keladigan bo‘lsak, u narsani “G‘olabatul hol” ya’ni beixtiyor qattiq muhabbat g‘olib bo‘lgan deyiladi. Unday kishilar uzrli hisoblanadilar va ularga ergashilmaydi. Modomiki u darajada emas ekanmiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashamiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:24 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar