Ro‘molsiz ayol bor xonaga farishtalar kirmaydimi?

Assalomu alaykum!  Internetda bir islomiy video chiqibdi. Unda aytilishicha, ro‘molsiz ayol bor xonadonga farishtalar kirmas ekan? Axir ayollar ko‘chada ro‘mol yopinib, uyda ro‘molsiz yursalar mumkin emasmi? Yoki videodagi gaplar sahih emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri gap. Ayollar uylarida ro‘molsiz o‘tirishlariga hech qanday monelik yo‘q. Nomahramga shunday holda ko‘rinmasalar kifoya. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 17:56 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar