O‘zganing xaqqi
Assalomu alaykum! Men ijarada yashayman, uyni egasi konditsioner oling deb pul berdi va men bozordan konditsioner oldim. Xarid qilgan do‘konda 26-maydan 31-iyulgacha kim konditsioner xarid qilsa spark rusmli avtomobil yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lar ekan. Agar yutuq chiqsa, yutuqni uy egasiga berishim kerakmi yoki o‘zimda qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uy egasiga. Agar aynan yutuqni ko‘zlab o‘sha do‘kondan xarid qilgan bo‘lsangiz uni olish mumkin emas.
Shariatimizda bir tomon maxsus bir joiz ish uchun mukofot belgilashi joiz. Masalan kim Qur’on o‘qishda ilg‘or bo‘lsa unga mukofot tayinlash mumkin. Supermarket, yoqilg‘i quyish shohobchalari va oshxona kabi tijoriy mahallar haridorlarni jalb qilish va ularni ko‘proq narsalarni sotib olishlariga qiziqtirish maqsadida yutuqlar tikishlari uch hil suratda bo‘ladi.
1). Haridor yutuqqa ega bo‘lish uchun kuponni o‘zini sotib olishi. Kupondan boshqa narsa sotib olmaydi. Buning hukmi mutloq haromdir. Qur’oni karimda zikr qilingan maysir (qimor) shudir. Qimorning ta’rifida fuqaholar “Ikki yoki undan ko‘p taraf o‘rtaga mablag‘ tashlab ulardan birlari ziyon ko‘rishidir” deganlar. Bu suratda bir nacha ming kishi pul tikib faqat ba’zilar yutuqqa ega bo‘ladi qolganlari ziyon ko‘rishadi. Karta o‘yinlari, sportda o‘yinchilarga tikilayotgan pullar, xo‘roz urishtirishdagi pul yutuqlari shunga kiradi.
2). Haridor biror narsani(benzin yoki kerakli xomashyolarni) o‘sha o‘yinga sherik bo‘lish va mashina yoki shu kabi yutuqqa ega bo‘lish uchun sotib olishi. Bu ham joiz emas. Haridorning o‘yinga sherik bo‘lish uchungina sotib olganini uch holatda bilish mumkin.
A). Extiyoji bo‘lmagan yoki sheriklari olmoqchi bo‘lgan narsalarni ham o‘z nomiga olishi. Bu yutuqqa ega bo‘lish uchun qilingan hiyla hisoblanadi. Bu joiz emas.
B). Sotib olgan narsasini bozor narxiga ziyoda bo‘lgan narxga olishi. Chunki bunda sovrin qo‘ygan taraf sovrin pulini ham narsaning narxiga qo‘shib ko‘ygan bo‘ladi. Bu esa yuqorida aytib o‘tgan qimorga pul tikib birisining foydasiga bo‘lgan kabi bo‘ladi. Oluvchi ham bilaturib sotib olishi qimorga kirish uchun olganiga dalolat qiladi. Bu harom. Bunga kuponga ega bo‘lish uchun o‘z narxiga arzimaydigan narsalarni sotib olish ham kiradi.
V). Shariat harom qilgan narsalarni ham sotib olishi. Chunki bunda oluvchi faqat kuponga ega bo‘lish uchungina olgani ochiq oydin bo‘ladi.
O‘z ehtiyojiga kerakli bo‘lganini olsa, o‘ziga savdo qilsa, ehtiyojiga keraklicha va odatda olganichasini va shariatda halol bo‘lganini sotib olsa joiz.
3). Doimiy mijozi bo‘lgani uchun narxidan o‘tib berishlar ham joiz. Vallohu a’lam!
11 Sentabr 2023, 18:06 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar