Qora it jinmi

Assalomu alaykum! Bir maruzada qora it jin deb eshitdim va shunday itni ko‘rsangiz shubhasiz o‘ldiringlar deb Rosululloh solollohu alayhi vasallam aytgan ekanlar shu hadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi sharifda qora itni jin deb emas, “shayton” deb atalgan. Bundan haqiqiy ma’no emas, majoz iroda qilingan. Boshqa bir hadisi sharifda kabutar ketidan chopib yurgan kishiga “Shayton shaytonni ketidan yuribdi” deyilgan. Arablar nutqida bunday o‘xshatish ko‘p uchraydi. Qora itni bunday ataganlarining sababi shundaki, odatda bunday itlar xosiyatsiz, foydasiz va zarar beruvchi bo‘lib, bamisoli shaytonga o‘xshash bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 18:16 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar