Nakrutka

Ba’zi savollarda nakrutkani joiz emas deyilibdi. Agar klentga biz qo‘shib beradigan obunachilar haqida obunachi qo‘shtirishidan oldin to‘liq malumot bersak klentga ma’qul kelsa qo‘shtirsa va qo‘shib berganimizdan keyin. Klentdan to‘lagan pulingizga rozimisiz deb so‘raymiz u xa roziman desa ham joiz emasmi nakrutka bilan shug‘ilanish? Agar klent rozimasman desa pulini qaytarib beramiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz faqat bir tomonning roziligini o‘ylabsiz. Obunachilarning ham bu ishga roziligini olish kerak. Insonlarni beso‘roq biror guruh yoki kanalga qo‘shib qo‘yish ularga aziyat etkazadi. Aziyat etkazish esa halol emas. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 18:36 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar