2 xil nomli 1 tavar

Assalomu alaykum Ustozlar. Men Turli smartfon, notebook. Kompyuter va smartvatchlarga qiziqaman. 5 yillik tajribamdan shuni sezdimki ayrim smartfonsoz kampaniyalar 2 xil Nomli 1 tavar chiqaradi. Misol keltiradigan bosam Xiaomi kampanyasi Xitoy bozori uchun chiqarilgan smartfonni glabal bozorga boshqa nom bilan chiqaradi. Misol Redmi note 11 4G asia smartfoni glabal bozorga Redmi 10 nomi bilan chiqargan. Yana aytadigan bo‘lsam Redmi K 50 Gaming smartfonini glabal bozorga Poso F4 Gt nomi bilan chiqarilyapti. Bunaqa 2 nomli 1 tavar smartfonlar juda ko‘p. Lekin ichidagi hamma narsa (sxemasi) 1 hil bo‘ladi . Faqat launcheri yani prashivkasi 2 hil bo‘ladi. Xitoy bozoriga chiqarilganida Xitoy va ingiliz tillari va Xitoy uchun moslashtirilgan prashivka. Glabal bozoriga chiqarilganida esa 30 dan ko‘p til va glabal prashivka bo‘ladi. Atak 1 ta telefon. Narxida raznitsa bor. Xiaomi Xitoyga telefonlarni arzonga sotadi sababi chegaradan o‘tkazmaydi, QQS to‘lamaydi va shu kabi ko‘plab to‘lovlar qilmagani uchun Telefonlari Xitoyda arzon va ularni o‘zbekistonga olib kelish ham arzon (pochta orqali). Redmi K 50 gaming smartfonini Xitoydan o‘zbekistonga olib kelish bn 520 dollorga tushadi. Poso F4 Gt smartfoni glabal bozorda 730 +-10 dollor turadi chunki chegaradan o‘tkazish va hk to‘lovlari bor. Biz o‘sha Redmi K50 gaming smartfonini Xitoydan 520 dollorga olib kelib o‘zbekistonda Poso F4 Gt nomi bilan 730 dollorga sotsak bo‘ladimi ?. Va shu kabi 2 nomli boshqa smartfonlarni. Baribir ham ular 1 smartfon faqat 2 bozorga 2 nom bilan chiqadi. Biz sizga aytgan usul bilan smartfon sotsak bo‘ladimi. Bu bizga kam harajat qilib ko‘p foyda olib keladi. Bunda mijozlar telefon borasida hech narsa yutqazmaydi. Chunki K50 va F4 lar 1 smartfon agar bizdan olmagan taqdirda ham boshqa magazindan F4 Gt ni 730 dollorga olishadi. Biz shunchaki foyda ko‘p keladigan yo‘lini topganmiz holos. Va boshqa shu kabi 2 nomli 1 smartfonlarda ham. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Ularning o‘rtasida farq bor. O‘sha farqlardan birini o‘zingiz aytib turibsiz.  Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar