Xadiksirash vaxima!

Assalomu alaykum! Yoshim 24da yaqin kunlardan buyon meni xar-xil vaxima va qorquv bosyapti tanam sog‘lom doktorlarga ko‘rindim xech bir tana azoyimda og‘riq tashxisi qo‘yilmadi! Lenin xar zamonda endi o‘lip qolsam kerak yoki mana bugun o‘lsam kerak degan fikr xayollar meni kiynab yubordi aqlan sog‘lomman xech xam bunday vaziyatga tushmaganman domlalarga borib dam soldirdim, lekin natija yo‘q iltimos yordam beringlar qanday yo‘l tut tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘limni doim eslab yurish maqtalgan xislatlardandir. Faqat qachon? Qachonki bu insonni oxirat uchun amal qilib qolishga undasa, vaqtdan unumli foydalanib olishga olib borsa. Ammo bu hamma ishni yig‘ishtirib qo‘yib dod-voy solishga olib borayotgan bo‘lsa buni davolash kerak. Shifokorga ko‘rinibsiz, juda yaxshi. Jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lsangiz endi ruhan o‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling. Allohdan yordam so‘rang. Tinmay duo qiling. Farz va vojib ibodat va amallarni to‘la to‘kis bajaring. Sunnatlarga amal qiling. Tongi va tungi zikrlarni doim qoldirmay aytib yuring. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 20:06 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar