Zinoni farzandlari to‘laydimi

Assalomu alaykum! Bir domlani maruzasini eshitib qoldim. Unda otani yoki onani qilgan zino ishi uchun farzandi javob berarkan. Meni onam shu ishi qilgan endi bunga farzandlari javob beradimi(ya’ni biz)?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom dini “kim zino qilsayu tavba qilmay shu gunohida bardavom bo‘lsa uning oila a’zolari ham zino qiladi” demaydi. Har kim o‘z gunohining azobini o‘zi tortadi. Biror banda boshqa bir bandaning gunohi uchun javob bermaydi. Ammo to‘g‘ri gap shuki:
“Kim zino qilsa va bu ishida bardavom bo‘lib, tavba qilmasa, u fasodchiga aylanadi. Undagi fasod va buzuqlik esa uning oila a’zolariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Chunki insonlar bir-birlaridan rang oladilar. Yaxshi bilan yurgan yaxshilikka moyil, yomon bilan yurganlar yomonlikka moyil bo‘lishi insoniylik xilqatida bor. Oila boshlig‘i fasodga mukkasidan ketsa, o‘z ahli oilasini buzuqlik va fahshdan to‘smay qo‘yadi. Ularni din man qilgan ishlarga qo‘l urishlariga parvo qilmaydi. Tarbiyalariga beparvo bo‘ladi. Mana shunday holat yuzaga kelganida ularning iymonlari zaifligi tufayli fahshga mubtalo bo‘lishlari ehtimoli ortadi”. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 09:57 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar