Savdodan foiz

Assalomu alaykum! Men bir konditer tsexda savdo bulimida ishlayman ishga kirganimda raxbar oylik maoshdan tashkari xar oy savdodan 0,5 % qo‘shimcha pul berishini etgan (foydadan emas) lekin oxirgi vaqtlarda salkam 4 oydan beri maxsulot sotilgan puldan savdodan menga berishi kerak bo‘lgan pulni bermayapti. Sababi qilib zararga ishladim bu oylada foida ko‘rmadim dib etvotila. Lekin tsexning xamma xisob kitobini o‘zim qilaman yani qancha foyda bo‘lganini va xarajatlani o‘zim xisoblayman. O‘sha oylarda foyda yaxshi bo‘lgan zarar bo‘lmagan buni raxbarga xam ettim. Raxbarning shu ishi to‘g‘rimi bu pullar meni xaqqim emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishilgan maoshingizni berishi shart. U sizning haqqingiz. Talab qilib oling. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 19:39 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar