Hijriy va milodiy sanalar
Assalamu alaykum! Ma’lumki, hijriy sanalar faslga nisbatan almashib turadi. Masalan, bu yilgi rabi’ul avval oyi qish fasliga to‘g‘ri keldi. 5-10 yildan keyin boshqa faslga to‘g‘ri keladi. Faslga nisbatan solishtirganda, milodiy taqvim to‘g‘riga o‘xshaydi. Kitoblarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bahor faslida tug‘ilganlar, deb yozilgan. Qishda, kuzda yoki yozda mavlid o‘tkazsa, qanday-u, milodiy taqvim bo‘yicha tug‘ilgan sanalarini hisoblab va aniqlab, shu sanadan kelib chiqib, mavlid o‘tkazsa qanday bo‘ladi? Shu masalada Shayx Hazratlarining “munosib shogirdlari” nomiga loyiq ko‘rilgan ahli ilmlar fikrini bilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: هُوَ الَّذِي جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَاءً وَالْقَمَرَ نُورًا وَقَدَّرَهُ مَنَازِلَ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ مَا خَلَقَ اللَّهُ ذَلِكَ إِلَّا بِالْحَقِّ يُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ “U (Alloh) Quyoshni (kunduzlari) ziyo (sochguvchi), oyni esa (kechalari) nur-yorug‘lik qilgan va sizlar yillarning sanog‘ini hamda (vaqtlarning) hisobini bilishingiz uchun uni (ya’ni, oyni bir qancha) manzil-burjlarga bo‘lib qo‘ygan Zotdir. Hech shak-shubhasiz, Alloh buni (ya’ni, quyosh va oyning har birini) haq (qonun va hikmat) ila yaratdi. U Zot biladigan qavm uchun O‘z oyatlarini mufassal bayon qilur” (Yunus surasi, 5-oyat). Erning o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanish hisobidan shamsiy taqvim kelib chiqqan. Oyning er atrofida va ikkisining quyosh atrofida aylanishidan esa qamariy taqvim kelib chiqqan. Ma’lumki, qamariy taqvim yangi oyning hilol suratida paydo bo‘lib, badr suratida to‘lib, yana kichrayib, ingichkalashib ko‘rinmay qolishiga asoslanadi. Qamariy taqvimda ham 12 ta oy bo‘lib, har oyning o‘z nomi bor: 1. Muharram 2. Safar 3. Rabi’ul avval 4. Rabi’us soniy 5. Jumodul avval 6. Jumodus soniy 7. Rajab 8. Sha’bon 9. Ramazon 10. Shavvol 11. Zulqa’da 12. Zulhijja. Shamsiy bo‘ladimi, qamariy bo‘ladimi, har bir taqvimning o‘ziga xos qonun-qoidalari mavjud. Ularni bir-biri bilan aralashtirish ilmsizlik va falakiyot ilmidan bexabarlikdir. Masalan, ro‘zani olaylik. Ma’lumki, farz ro‘za har yili ramazon oyida tutiladi. Ramazon ro‘zasi birinchi farz bo‘lgan yili hijriy 2-yil bo‘lgan. O‘sha yilning ramazon oyi milodiy 624 yil 25 fevralidan 25 martiga qadar davom etgan, ya’ni qish faslining oxiri va bahor faslining boshiga to‘g‘ri kelgan. Shunaqa ekan deb, ro‘zani ham har yili bir vaqtda – qish faslining oxiri, bahor faslining boshida tutaylik, deyilmaydi-ku?! Darvoqe, nasroniylar shunday yo‘l tutib, katta xatoga yo‘l qo‘yishgan va bu masalada adashib ketishgan ekan. Haj ham har yili faqat zulhijja oyida ado etiladi, boshqa oylarda qilinsa, haj haj bo‘lmaydi va hokazo. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 151 | Boshqa ibodatlar