Cho‘chqa go‘shti qayta ishlangan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulotlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, men Koreyada o‘qiyman. Alhamdulillah iloji boricha harom narsalardan uzoq bo‘lishga Allohni izni bilan harakat qilyapman. Bu erda ko‘p mahsulotlarini tarkibini o‘qib ko‘rilganda tarkibida cho‘chqa mahsuloti yo‘q bo‘lsada boshqa mahsulotlar qatori cho‘chqa mahsulotlari ham qayta ishlanadigan uskunada ishlab chiqarilgan deb yozilgan. Bu mahsulotlarni hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Halol bo‘lishi uchun mol yoki qo‘y bo‘lishining o‘zi kifoya qilmaydi, balki shariatga muvofiq “Bismillah”ni aytib so‘ygan bo‘lishi ham shart. Unday so‘yilmagan bo‘lsa hatto mol qo‘y ham halol bo‘lmaydi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:05 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar