Oyat yoki hadisga xurmat

Assalomu alaykum! Abetda yoki kechqurun ovqatlanayotgan paytda ustozlardi maruzalarini eshitsak bo‘ladimi. Boshqa paytlarda ko‘pincha vaqt topa olmayman. Maruzada albatta oyat yoki hadis keladi shunda xurmatsizlik bo‘lib qolmaydimi. O‘tgan safar ovqatlanayotgan paytimda maruzada qiyomat haqida aytilib o‘tildi boshida etibor qilmabman keyin o‘zimdan uyalib ketdim shunday paytda qanday og‘zimdan taom o‘tganiga. Gunohkor bo‘lib qolmadimmi. Bazan shunday savollar bo‘b qolganda sizlarga yozib tursak bo‘ladimi, albatta bitta bittadan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ovqatlanayotgan vaqtingizda ham ma’ruzalarni eshitsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 22:09 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar