Dadamning nomlaridan zakot

Assalomu alaykum! Biz oilada 5 nafar farzandmiz 4 nafar opam va men. Barchamiz oilalimiz alhamdulillah. Ayni vaqtda oilamizda Ota-onam, men, ayolim va farzandim istiqomat qilamiz, ro‘zg‘or bir, qora qozon bitta. Tomorqamizni sotganmiz, nisobga etgan pulimiz bor, shu pulni mening nomimdan o‘z opamga tegishlisini zakot qilib bersam bo‘ladimi? Yoki bu dadamning nomlaridan bo‘lib qoladimi? Unda zakotga o‘tmaydiku? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z hisobingizdagi pulni opangizga zakot qilib berishingiz mumkin. Umumiy oilaviy jamg‘armangiznikini esa berishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 184 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar