Qurbonlikka niyat qilingan
Assalomu alaykum! Men qurbon xayitiga bitta qo‘chqor niyatlab boqib o‘tirgandim lekin shu xayit bayramidan oldin axvolim tang bo‘lib qoldi kasalchilik bilan. Sizga savolim shu qurbonlikka niyat qilingan qo‘chqorni sotsam xukmi qanday? Lekin sotgim kelmayapti
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: Nisob egasi bo‘lmagan kishi uyida boqilayotgan qo‘yini qurbonlik qilaman deb niyat qildi. Qurbonlik kunlari kelishidan avval ehtiyoj yuzasidan qo‘yni sotishga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘yni sota oladimi?
Javob: Qo‘y egasi boy bo‘lsa ham, faqir bo‘lsa ham uni qurbonlik qilaman deb niyat qilgan bo‘lsa, qurbonlik qilishi shart emas. Agar almashtirmoqchi yoki sotib o‘rniga yaxshilamoqchi bo‘lsa yoki pulini ishlatmoqchi bo‘lsa bu ham joiz. (Roddul-muxtor). «فَلَوْ كَانَتْ فِي مِلْكِهِ، فَنَوَى أَنْ يُضَحِّيَ بِهَا، أَوْ اشْتَرَاهَا وَلَمْ يَنْوِ الْأُضْحِيَّةَ وَقْتَ الشِّرَاءِ، ثُمَّ نَوَى بَعْدَ ذَلِكَ، لَا يَجِبُ» Shuningdek jonvorni sotib olayotgan vaqtda ham qurbonlikni niyat qilmasa, sotib olganidan keyin qurbonlik qilishni niyat qilsa, zimmasiga qurbonlik qilish lozim bo‘lmaydi. Lekin nisob egasi bo‘lmagan kishi zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lmasidan turib, qurbonlik kunlarida qurbonlik qilish niyatida hayvon sotib olsa, o‘sha hayvonni qurbonlik qilish zimmasiga vojib bo‘ladi. (Roddul-muxtor). «لِأَنَّ شِرَاءَهُ لَهَا، يَجْرِي مَجْرَى الْإِيجَابِ، وَهُوَ النَّذْرُ بِالتَّضْحِيَةِ عُرْفًا، كَمَا فِي الْبَدَائِعِ» “Roddul muxtor”ning “nahr kunlarida sotib olsa” iborasidan, u kunlardan avval qurbonlik qilish niyatida hayvon sotib olsa, zimmasiga qurbonlik vojib emas, almashtirsa ham, sotsa ham, sotib pulini o‘z ixtiyojlariga ishlatsa ham bo‘ladi – degan narsa kelib chiqadi. «بِقَوْلِهِ «شَرَاهَا لَهَا أَيَّامَ النَّحْرِ»، وَظَاهِرُهُ أَنَّهُ لَوْ شَرَاهَا لَهَا قَبْلَهَا، لَا تَجِبُ» “Fatavoi dorul ulm”ning “Azizul fatava” nomli kitobida: “Agar faqir kishi qurbonlik kunlarida qurbonlik qilish niyatida jonliq sotib olsa, qurbonlik qilishi lozim bo‘ladi. lekin qurbonlik kunlaridan avval sotib olgan bo‘lsa, faqir ham boy ham uni almashtirish joiz”. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 20:47 | Savol-javoblar | 0 | Ibodatlar