Zo‘b kasallik xijob

Assalomu alaykum! Zo‘b kasalligi bor ayol-qizlar xijob o‘ramasa boladimi. Yani zo‘b kasalligi bor odamlarning bo‘yin qismi yani kekirdak joylari ochiq turmasa o‘lar o‘zlarini yomon xis qilib zo‘bi qisib qolib nafas olishi qiyinlashib qoladi. Agar o‘raydigan bo‘lsa qanday qilib o‘rashadi shu xaqida batafsilroq tushuntirib bersangizlar. Raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasallik insonning ibodatlariga nuqson etkaza boshlasa uni da’volashga harakat qilish lozim. Ushbu kasallik ayolni ro‘mol o‘rashdan man qiladigan bo‘lsa, avratini boshqa narsa bilan bo‘lsa ham to‘sishi kerak. Buni imkoni bo‘lmasa to davolanib bo‘lgunicha nomahramlar ko‘zidan o‘zini saqlab turishi kerak. Har qanday vaziyatda ham bu kasallik avratni to‘smaslik uchun uzr bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar