Ish vaqtidagi namoz

Assalomu alaykum! Men jamoa bo‘lib ishlaydigan joyda katta ishchi lavozimida ishlayman. Qo‘l ostimdagi ishchilarning ayrimlari Namoz o‘qiydi, jamoaninig qolgan qismi unga qarshi emas, ammo bizning xizmat vazifamiz jamoaviy bo‘lgani sababli, bir kishining ish joyida yo‘qligi dam olish va ish jarayoniga ta’sir o‘tkazadi, shu sababli Namoz o‘qimaydiganlar, o‘qiydiganlardan tezroq o‘qishini talab qilishimni so‘rashadi, men Namoz o‘qiydiganlaga yuzlanganimda, ular xam bizga o‘xshab Namoz o‘qisin deydi. (Maksadi Nima ekanligini bilmayman, Namoz o‘qishmi yo dam olish). Bir kishidan so‘rasam qo‘l ostizdagi ishchilarga siz masulsiz voxt etmay o‘qilmay qolib ketadigan qazo namozlari sizni bo‘yningizda deb aytdi. Shundaymi? 1. Namoz o‘qiydiganlar, Namoz o‘qimaydiganlarni ishlatib qo‘yib ularni xaqqiga xiyonat qilmayaptimi? 2. Tomchidek najosat tekkan kiyimda Namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ish vaqti hisobidan namozga sarflagan vaqtini qo‘shimcha ishlab to‘ldirib qo‘yishlari shart.2). U bilan namoz o‘qisa namozi durust bo‘ladi. Ammo makruhi tanzihiy ishga qo‘l urgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 16:01 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar