Hazrati Ka’ka haqida

Assalomu alaykum! Men bir videoda tarixda o‘tgan sahoba haqida eshittim. Ismlari Ka’ka bo‘lgan sahoba Hazrati Abu Bakr r.a davrlarida qo‘shinga qo‘mondonlik qilganliklari va Juda ko‘p zafarlar qozonganliklari haqida eshitdim. Hattoki yahudlari ularni shunchalik yomon ko‘rganki bolasining ahlatini ko‘rsatib Kaka qildingmi deb ularni nomlari bilan atar ekan. Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri keladimi bugungi kunda ko‘pchilik u narsasi shunday nomlaydi. Agar rost bo‘lsa u sahobaning nomlariga hurmatsizlik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmagan gap. Tilshunoslar fikricha ushbu so‘zning kelib chiqishi kimningdir ismiga bog‘liq emas. Qolaversa sahobiyning ismi siz talaffuz qilayotgandek emas, balki Qo’qo’dir. Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2023, 13:25 | Savol-javoblar | 0 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar