Tarvuz haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, tarvuz haqida hadis kelganmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عائشة أن النبي أكل البطيخ بالرطب رواه نساءى Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam bittix bilan xurmoni bir qilib edilar. Nasoiy rivoyati. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xurmo bilan xirbizni bir qilib eyayotganlarini ko‘rdim” deyilgan. Uni ham imom Nasoiy rivoyat qilganlar va ikkisining ham sanadlari sahih. Ikki suratdagi bittix va xirbizdan Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh qovun iroda qilinganligi rojih deganlar. Ba’zi shorihlar uni tarvuz ham deyishgan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar