Uzrli holatmi?

Assalomu alaykum! Men bir oydan beri namoz o‘qimayapman, chunki menda g‘alati holat bo‘ladi. El chiqib turganday bo‘ladi va olddan siydik tomib qolganday bo‘ladi. Bir xil payt rostdan chiqadi. Mana shu holatda tayammum qilganimda yana o‘sha ahvol bo‘ladi. Namozni tashlab yubordim. Men nima qilishni bilayapman. Shu holatda namozda el yoki siydik chiqib qoladi shunda namozni oxirigacha o‘qiyversam bo‘ladimi? Lekin o‘zimni pok his qilmayman. Tayammum qilganimda ham shu holat bo‘ladi. To‘g‘ri lekin namozni o‘qib tashlash katta gunoh. Javob uchun oldindan rahmat. Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tezda namoz o‘qishga kirishing. Shayton sizdan ko‘zlagan maqsadiga erishibdi. Shaytonni xursand qilmay Allohning xursand qilishga harakat qiling. O‘qib tashlash emas, bir vaqtni bo‘lsa ham o‘qimaslik gunoh. Shu holatda vafot topsangiz holingiz nima bo‘lishini bilasizmi? Qanday qilib o‘qisangiz el chiqmasa o‘shanday o‘qing. Sajdaga borganda chiqib ketayotgan bo‘lsa ishora qiling. Dinimiz o‘ta engil, Alloh o‘ta marhamatli Zotdir. Bandasini qo‘lidan kelgan ibodatiga buyuradi. Ammo bir vaqtini qoldirishga ham rozi bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:04 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar