Maxri berilmagan ayol hulu’ qilsa tartibi qanday?

Assalaamu alaykum! Men ayolim bilan shariy nikohdamiz u mendan hulu so‘radi lekin men hali maxrni bermaganman. Shuni tushuntirsam u menga qong‘iroq qilib men chin ko‘ngildan aytayapman maxrimdan voz kechdim siz mandan rozi bo‘ling dedi. Men ayolimga zulm o‘tkazmoqchi emasman. Endi siz ham javobimni bering dedi. Ikkimiz ham rozimiz birbirimizdan. Er-xotin o‘zaro kelishib oldik. U maxrdan voz kechdi. Man javobingni berdim agar hulo‘ shariy hisoblanasa dedim. Savol: 1. Maxrdan voz kechish tartibi qanday? 2. Endi men maxr bermasam ham bo‘ladimi? 3. Hulo‘ga mahrdan voz kechgani uchun men ham voz kechib rozi bo‘lib javobini bersam bo‘ladimi? 4. Er-xotin o‘zaro kelishib olsangiz qoziga hojat yo‘q dedi masjidimiz imomi bu to‘g‘rimi? 5. Maxri berilmagan ayol hulo‘ qilsa tartibi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushgan. Siz ham o‘sha ayol ham bir-biringizga hech narsa berishingiz lozim emas.إن خالعها على مهرها فإن كانت المرأة مدخولا بها وقد قبضت مهرها يرجع الزوج عليها بمهرها وإن لم يكن مقبوضا سقط عن الزوج جميع المهر ولا يتبع أحدهما صاحبه بشيء Agar ayolni uning mahri evaziga xulo‘ qilsa, agar ayol duxul qilingan (yaqinlik qilingan yoki xilvatda bo‘lgan) bo‘lsa va mahrini olib bo‘lgan bo‘lsa er o‘sha bergan mahrini talab qilib oladi. Agar mahrni ayol olmagan bo‘lsa erdan mahr to‘liq soqit bo‘ladi va ular bir-birlaridan biror narsa talab qilmaydilar. (Fatovoi hindiyya). Vallohu a’lam!

14 Oktabr 2023, 13:55 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar