omonatni topshirish

Assalomu alaykum! Xazrat, bizning bir tanishimizning boshiga ish tushib biz bilan boglana olmayapti, bu narsa uzok muddatga chuzilishi xam mumkin. Shu tanishimizning bizda katta omonati bor. Tanishimizning oilasi uning ota onasi , xotini va 3 nafar farzandidan iborat. Biz shu omonatni kimga bersak tugri buladi ota onasigami,?xotinigami? eki omonatni teng ikkiga bulib berish kerakmi? javobingiz uchun kattakon raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xotiniga beringlar, ota-onasi xabardor bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi.

5 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar