Inson ruhi
Assalomu alaykum! Yaqinda 31 yoshli ukam olamdan o‘tdi. Toshkentda ko‘p qavatli uyning 10 qavatidagi bir xonadonni ichki remontini olgan ekan endigina ish boshlagan. Qandaydir sabablar bilan o‘sha ish joyida o‘zini osib qo‘yibdi. Olib kelib tuproqqa qo‘ydik, marakalarini o‘tkazdik. Hali bir oy ham bo‘lgani yo‘q. Uy egasi remont uchun boshqa ustalarni olibdi. Biroq aytishicha ustalar umuman ishlay olmayotgan ekan. Devorga mix qoqmoqchi bo‘lsa qoqilmas, buyoq qilmoqchi bo‘lsa bo‘yoq surilmas, hech bir ishi o‘xshamay qiynalayotgan ekan. Qo‘shnilar ham arz qilishayotgan ekan, kechasi bilan taqir tuqur ovozlar keladi, kimdir tuni bilan ishlab chiqadi deb. Nima qilishni bilmay ota onamning boshi qotgan. Bu qanday holat bo‘lishi mumkin, ruhi bezovtamikin? Tinchlantirish uchun nima qilsak bo‘ladi? Ukam Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashardi va Toshkentda ishlardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holatning marhumga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 20:23 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holatning marhumga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 20:23 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar