Tug‘ruqxonadan hijobda chiqish

Assalomu alaykum! Menga maslahatiz kerak. Homiladorman, yaqinda ko‘payishamiz inshalloh. Eshitishim bo‘yicha ayol kishi ko‘zi yorigandan so‘ng hamma gunohlari kechirilib ona qornidan yangi tug‘ilganday bo‘larmish. Shu haqda Qur’oni Karimda nimalar deyilgan yoki hadislar bormi? Tug‘ruqxonadan chiqishimda islomiy libos bilan chiqishni niyat qilgandim. Qo‘rquv va ikkilanish bor. Loyiq bo‘la olarmikinman deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda ayol tug‘ish jarayonida ko‘radigan qiyinchiligi bayon qilinganda shunday ma’noda gap kelgan, unda onaning bola ustidagi haqlari bayon qilingan. Siz tug‘ruqxonadan chiqishni kutmang. Sizni avratlaringizni yopishni Alloh taolo buyurgan. Alloh farz qilgan narsalarga amal qilish oson, eplay olamanmi yo‘qmi deb farz amalni qilmay gunohkor bo‘lib yurish fikrini shayton beradi, siz unga aldanmang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar