Joniga tajovuz qilganga qanday javob qaytarish kerak?
Assalomu alaykum! Savolim uchun oldindan uzur so‘rayman! Agarda dushman qastdan jarohat etkazmoqchi bo‘lsa yoki o‘ldirmoqchi bo‘lib tashlansa unga qanday javob qaytarilish joiz? O‘zini himoyalash uchun unga tan jarohat bilan javob qaytarsa bo‘ladimi? Dinimiz bunday sharoitda qanday yo‘l tutishni buyuradi? Javob uchun oldindan Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: فَمَنِ اعْتَدَى عَلَيْكُمْ فَاعْتَدُواْ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا اعْتَدَى عَلَيْكُمْ وَاتَّقُواْ اللّهَ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ مَعَ الْمُتَّقِينَ 194.... Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.
«Harom qilingan narsalarda qasos bor», ya’ni harom qilingan narsani kim qanday buzsa, unga o‘shanga yarasha jazo beriladi, undan qasos olinadi.
Musulmonlarga qarshi urush ochib, harom qilingan narsani buzib, tajovuzkorlik qilganlardan o‘ch olinadi. Ammo o‘ch olishda ma’lum chegara bo‘lib, musulmonlar undan chiqmaydilar. Qilgan dushmanligiga yarasha javob qilinadi, oshirib yuborilmaydi yoki kamaytirib qo‘yilmaydi:
«Kim sizga tajovuz qilsa, siz ham unga qilgan tajovuziga o‘xshash tajovuz qiling».
Albatta, bu ishlarni amalga oshirish qiyin, ayniqsa, dushmanlik qilib, achchiqni chiqargan odam bilan bo‘ladigan muomalada. Shuning uchun ham taqvo zarur. Allohdan qo‘rqadiganlargina bunday ulkan ishni amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun ham oyatning oxirida:
«Va Allohga taqvo qiling hamda bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir», – demoqda.
E’tibor beradigan bo‘lsak, nafaqat Allohga ibodat qilganda yoki odamlar bilan muomala qilganda, balki dushman bilan urushayotganda ham taqvo zarur ekan. Alloh taolo urush haqidagi oyati karimani ham taqvoga amr qilish bilan yakunlamoqda. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar