G‘ayridin haqqi

Assalomu alaykum! Ko‘p yillar oldin bir g‘ayridinnig xaqqi birodarimizda qolib  ketgan. Xaq egasi olamdan o‘tgan, farzandlari, qarindoshlari ko‘chib ketishgan, topishning iloji yo‘q. Shu insonning xaqqi qanday ado qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi davrda biror insonni topish ilojsiz ish bo‘lmay qolgan. Sizlar bor imkoniyatingizni ishga solib qidiringlar. Hech topilmasa haq egalari nomidan ularni sadaqa qilib yuborasizlar. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 08:36 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar