Farzandidan ayrilgan onaman

Assalomu alaykum! Men deyarli 2 yashar bolamdan ayrildim. Ӯ suvga chukib vafot etdi. Onamnikidan uyimizga endi ketmoqchi bo‘lib turgandim. Kalyaskamizni tuzatib turgandim ukamni ayoli va keyin otam xam keldi. Bolam ӯynab o‘tirgandi xovlida. Oldimizda. Keyin kolyaskaga ovora bo‘lib shu orada bolam ariqqa ketib qolibdi. Bolamni izlab birinchi ariqqa yugurdim. Sal yurdim, qaradim ariqqa. Lekin kӯrinmadi. Keyin darrov xayolimga ko‘chaga chiqib ketgandir degan xayol kelib yugurdim. Izladim. Lekin yo‘q. Keyin kelinimiz ariqqa yuguripdi. Uni qizi ham shu ariqqa tushib ketgandi avval. Alhamdulilloh omon qolgandi. Uni ariqdan topib keldi. Endi mingdan ming afsusdaman. Ariqqa uzoqroqqa chopib bormaymanmi. Armon qilyapman. Bilaman Ollohning taqdiri. Umrini shuncha yozgan ekan. Ӯzi berdi, ӯzi oldi. Barcha narsamiz Ollohniki. Inna lillohi va inna ilayhi roji’un. Ammo baribir shu armon xayolimga kelyapdi. Bolam suvda nafasi qisilib qiynalyotgan vaqtda uni qutqarolmadim. Men aybdormanmi? Ayting yoki Olloh jonini olayotgan vaqtda bolam qiynalmay ӯldimi? Ӯ hozir qabrda qӯrqmayapdimi? Meni sog‘inib qiynalmayapdimi? Uni emizar edim. Men uni judayam yaxshi ko‘raman. Uni judayam sog‘indim. Sog‘inib ketyapman. Nima qilay Ayting, nasihat bering menga. Namoz ӯqib Qur’on tilovat qilib savobini bolamga bag‘ishlayapman. Ayting bolam bundan xursand bo‘ladimi? Namozdan keyin Qur’on tilovat qilib keyin duo qilganimda bolamga salomimni etkaz Ollohim men uni yaxshi ko‘raman deb aytyapman. "Barcha ayblarim uchun u meni kechirsin, sen ham meni kechir Ollohim" kabi so‘rayapman. Bu ishim to‘g‘rimi? Bolamni sog‘insam yashagim kelmay qoladi. Lekin ӯzimni ӯldirish kabi xayolga bormayman. Shunchaki sog‘inch yomonakan. Ollohga noshukurlik ham qilmayman. Bolam ӯlganini shifokor aytganida ham noshukurlik qilganim yo‘q, Inshaallox! Inshaallox Ollohga nolimadim. Ollohim 8 yilda 2-farzandni bergandi. Bir ӯg‘lim bor yana Alhamdulilloh. Iltimos menga dinimizdan nasihat qiling. Ollohga noshukurlik qilib qo‘ymayin. Iltimos yuqoridagi savollarimga javob bersangiz agar dinimizdan bu haqida ma’lumotlar bo‘lsa. Amru ma’ruflar ham eshityapman. Mullo boboning ham nasihatini oldim avvalroq. Ammo yana va yana dindan bilim kerak bulaverar ekan bu paytda. Bolam Inshaallox jannati, faqat uni sog‘inyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning qadariga iymon keltirganlar bunaqa ezilaverishi to‘g‘ri emas. Sizdagi kabi holatga tushganlar uchun quyidagi hadislarda kelgan xush xabar kifoya qilishi kerak. Sabr qiling va ajrini oling.عن مُعاذِ بنِ جبلٍ رضيَ اللهُ عنه عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليهِ وسلم قالَ : وَالَّذِيْ نَفْسِيْ بِيَدِهِ إِنَّ السِّقْطَ لَيَجُرُّ أُمَّهُ بِسَرَرِهِ إِلَىْ الجَنَّةِ إِذَا احْتَسَبَتْهُ رواه ابن ماجهMuoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, siqt(nobud bo‘lgan homila) kindigi bilan onasini jannatga tortib kiradi. (Vafot topgan vaqtida) Savobini umid qilsa” dedilar".
Ibn Moja rivoyati.قال النووي رحمهُ الله : موتُ الواحدِ من الأولادِ حجابٌ منَ النار ، وكذا السقطُ Imom Navaviy rahmatullohi alayh :
“Farzandlardan birortasining vafoti(ota-ona uchun) do‘zaxdan to‘siqdir. Shuningdek tug‘ilmay nobud bo‘lgan homila ham” deganlar.
Imom Termiziy Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Alloh taolo «Ey o‘lim farishtasi, sen bandamning farzandining – ko‘zining qorachig‘ining, qalbining samarasining jonini oldingmi?» deydi. Farishta «Ha», deydi. Alloh «U nima dedi?» deb so‘raydi. Farishta «Senga hamd va istirjo‘ aytdi», deydi. Shunda Alloh taolo «Jannatda unga bir uy bino qilinglar va «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi», deganlar.
Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Birortangizning oyoq kiyimining ipi uzilsa ham istirjo‘ aytsin», deydilar.
Demak, inson kattayu kichik har bir ko‘ngilsiz hodisada – ko‘zining qorachig‘i, jigarbandi – bolasi o‘lganda ham, oyoq kiyimining ipi uzilganda ham sabr qilishi kerak. Musibat etgandan keyin darhol istirjo‘ aytib, sabr qilish, «Hamma narsa Allohniki va bari Allohga qaytadi», degan e’tiqodni mahkam tutish kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 08:06 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar