Qo‘l olish homladorlikda

Assalomu alaykum! Men 2 oylik homladorman haligacha taksikozga va homila uchun kerakli vitaminlar ichmadim. Sababi bizda bir jinkash mulla dori ichma eskichangi bo‘lgansan deb tamog‘imdan va bachadonimdan duo oldirib kelishimni aytardi. Dori ichsang bola tushadi yoki rivojlanmaydi deydi. Multoniga borib oldirib kelardik va mullaga o‘qitardik, bachadonim og‘rib mazam qochganda qora tovuq va qora material olib kelinglar oilaviy qonlayman dedi va 2 marta qonladiyam. Uyni tozalat desa qayta qayta falon pullarga tozalatardi qaynonam lekin baribir uyga jinlar duo tashab ketabdiymush, bizargayam. Endi bora bora sen qo‘l olishing kerak deydi boshqa bir chala mulla kelib qolib uyga. Biron qarindosh ajdodlaring qo‘l olganmi deydi, bilmayman dedim. Juda charchadim. Doktirga borolmayabman mazam yo‘q uydagilarim borma eskicha bo‘lgansan deyabdiku mullalar deydi. Eskichangi narsalarni yomon ko‘raman lekin menga shu narsalar yopishayabdi. Iltimos duo qilizlar doktirga borib ko‘rinsamham dori ichsamham homilaga hechnima qilmasin jinkashlarning gapi to‘g‘ri bo‘lmasin inshalloh. Qonim kamayib yursam charchab qoladigan bo‘lib qoldim. Nima qilishni bilmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni gaplariga quloq solmasdan mutaxassis shifokorlarga uchrab davolaning. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 17:46 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar