Ro‘za buzadigan amallar

Assalomu alaykum! Xojatni chiqargandan keyin poklanish uchun nam barmoqni orqaga tiqsa, ro‘za buziladimi? Buzilsa, kafforot xam tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: Ro‘zador suv bilan mubolag‘ali tarzda istinjo qilsa, bavosil (gemaroy) kasaliga duchor bo‘lganlar o‘sha joylariga dori qo‘ysalar ro‘zalari ochiladimi?

Javob: istinjo chog‘ida suv, bavosili kasalligida dorilar orqa a’zoning klizma qilinadigan joyigacha etib borsa ro‘za ochiladi. Etib bormay tashqarida qolsa, ochilmaydi.لَوْ بَالَغَ فِي الِاسْتِنْجَاءِ حَتَّى بَلَغَ مَوْضِعَ الْحُقْنَةِ فَسَدَ وَهَذَا قَلَّمَا يَكُونُAgar istinjoni mubolag‘a tarzida qilsayu, klizma qilish o‘rnigacha etib borsa, ro‘zasi ochiladi. Bu narsa juda kamdan-kam bo‘ladi. (Roddul Muhtor).وَالْحَدُّ الَّذِي يَتَعَلَّقُ بِالْوُصُولِ إلَيْهِ الْفَسَادُ قَدْرُ الْمِحْقَنَةِRo‘zani buzadigan darajada narsaning ichkariga kirishidagi chegara klizmada suv ichkariga ketadigan joyidir. (Roddul Muxtor). Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 17:56 | Savol-javoblar | 0 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar