Shu duo saxixmi?

Assalomu alaykum! Allax amallaringizni xayrini bersin. Savolim ushbu duo xakida ma’lumot bersangiz. Shunday saxix xadis bormi? Kirill alifbosida yoza olmaganim uchun uzr. BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM QUR’ONI KARIM TILOVATIDAN AVVAL O‘QILADIGAN DUO: «Allohumma bil haqqi anzaltahu va bil haqqi nazala.Allohumma azzim rog‘bati fiyhi vaj’alhu nuron li basoriy va shifa an li sodriy.Allohumma zayyin bihi lisaniy va jammil bihi vajhiy va qovvi bihi jasadiy varzuqniy tilavatahu ala to’atika anaa al layli va atrofan nahari,vahshurniy ma’an nabiyyi Muhammadin sollallohu alayhi va sallama va alihil ahyari, navaytu qiroatal Qur’ani, li rizoir Rohmani va tanviril quburi ahlil iymani va ruhi shamsi sayyidil anbiyai va qomaril mursaliyna sayyidina Muhammadin ’alayhi solavatur Rohmani va tordish shaytoni vasiqotiz zunubi va qobulit tavbati va rofi’id darojati van najati minan nari va baqoil iymani va liqoir rohmani bi rohmatika ya arhamar rohimiyn.Val hamdu lillahi robbil ’alamiyn». «Allohim Qur’onni haqiqat ila nozil qilding.Qur’onga bo‘lgan qiziqishimni ulug‘ qil.Uni ko‘zimga nur qil.Tilimni Qur’on bilan bezagin, yuzimni u bilan go‘zal qil, jismimga Qur’on bilan quvvat ber.Kecha-yu kunduz uning tilovati bilan mashg‘ul qil.Oxiratda Payg‘ambarimiz, uning oilalari, ashoblari bilan barobar qil.Rahmonning rizosi,iymon ahli qabrini munavvar qilish,Sayyidil anbiyo-Payg‘ambarimizning ruhi poklariga bahshida etish uchun Qur’on tilovat qilishni niyat etdim.Alloh u zotga salovot yuborgin, shaytonni uzoq qilgin, gunohlarini afv etgin, tavbalarini qabul qilgin, oliy darajani nasib etgin, do‘zaxdan najot bergin, iymonni mustahkam qilgin, Parvardigoriga ro‘baro‘ qilgin.Ey mehribonlarning mehriboni.Hamd Allohga xosdir». Bu duo haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday aytadilar:«Har kim Qur’oni Karimni o‘qishni hohlagan vaqt ushbu duoni o‘qisa,Alloh Ta’olo o‘qigan Qur’oni Karimining har bir harfiga ellik ming savob beradi».
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 155 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar