Uzrli sababga ko‘ra ibodatlarni vaqtida bajara olmaslik
Assalomu alaykum! Men yaqinda bachadon bo‘ynidan virusli kasallik aniqlangani sababli jarrohlik amaliyotini boshimdan kechirdim. Ma’lum muddat tig‘ tekkan joydan qon va boshqa turdagi suyuqliklar kelib turarkan. Men o‘zimni taxorat va g‘usl qilib bajariladigan ibodatlar uchun pokligimga gumonda bo‘ldim va namozlarimni va Qur’oni Karim tilovatlarini kanda qildim. Zero ma’lum muddat mustahab va umumiy poklanish uchun yuvinish ham ta’qiqlangandi. Jami 30 kundan ziyod vaqt oralig‘ida namozlarimni o‘qiy olmadim. Savolim quyidagicha: Men ushbu kunlarda bajarolmagan namozlarimning qazolarini o‘qishim lozim bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qimay xato qilgansiz. Tahoratda yuviladigan a’zolarga suv tekkazish mumkin bo‘lsa suv bilan tahorat olishingiz, agar mumkin bo‘lmasa tayammum qilishingiz, uzluksiz tahoratingiz sinib turgan bo‘lsa sohibi uzr sifatida har namoz vaqtiga tahorat yoki tayammum qilishingiz kerak edi. Ilmsizlik tufayli namozni tark qilib qo‘yganingiz uchun istig‘for ayting. Endi o‘sha kunlardagi o‘qimagan barcha namozlaringizning qazosini o‘qing. Hayz kunlarinikini esa o‘qimaysiz. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 12:11 | Savol-javoblar | 0 | Namoz