Masjitdagi odam domlami yoki folbin?
Assalomu alaykum! Iloxim Alloh ilmingizni ziyoda qilib dunyo va oxirat saodatini nasib aylasin. Men xorijda yashayman kuyovim bilan shu erda tanishdik. Oyim Samarqandalar yaqinda masjiddagi bir domlani oldiga borib qizim va kuyovimga kishoyish o‘qib qo‘ying ishlari yaxshimas edi debtilar. Domla rasmga qarab bu bolaga ishonmanglar uncha. Namoz o‘qiydimi debdi. Xa desalar, namoz o‘qisayam yolg‘onni ko‘p ishlatarkan, extiyot bo‘linglar debdi. Sizam qiziz bilan rosa qiynalgan ekansizlar, uyinglarni oldida qabriston bormi desa xa debti oyim. O‘sha qabristonni tuprog‘ini sizlarga sepishgan o‘shanga shunaqa xayotinglar og‘ir bo‘gan debti. Siz orqali ekansizku erkak ekan pirlariz debti. Siz ayol kishidan qo‘l olgan ekansiz erkak kishidan qo‘l osez tuzalib ketas debti. Rossa jaxlim chiqdi, xech kimga o‘qitmangam ko‘rsatmangam deb rossa gapirdim va u domlangizni ichida jini bor ekan raz shunaqa gaplarni sizga gapirgan bo‘sa. U domlez oldin o‘zini o‘qitvosin dedim. Noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi? Va oyimga momo pirlar degan narsa yo‘q desam bor deydilar. Iltimos shu ishlarga javob bersangizlar oyimga ko‘rsatardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onangiz uchragan imom emas qandaydir jinkash bo‘ladi. U odam 100% shariatga zid gaplarni aytibdi. Imom domlalar bunaqa ishlar bilan shug‘ullanishmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:32 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onangiz uchragan imom emas qandaydir jinkash bo‘ladi. U odam 100% shariatga zid gaplarni aytibdi. Imom domlalar bunaqa ishlar bilan shug‘ullanishmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:32 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar