Diktofon
Assalom alaykum! Bir kishining oldiga suxbatga borganda ish yoki biron bir masala bo‘yicha gaplashgan paytda oramizdagi gaplarni esta qolish tariqasiga uni ruxsatisiz yozib olish mumkinmi? Agar juda muxim masala bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. Suhbatni yozib olishdan maqsad uni kimgadir eshittirish bo‘ladi. Suhbat ishtirokchisining iznisiz esa bunday qilish ta’qiqlangan.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا حَدَّثَ الرَّجُلُ بِالْحَدِيثِ ثُمَّ الْتَفَتَ فَهِيَ أَمَانَةٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon kishi bir gapni aytsa-yu, u yoq-bu yoqqa qarab qo‘ysa, o‘sha omonatdir», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bunday paytda o‘sha gap sohibi «Bu gapimni hech kimga aytma», deb ta’kidlashining keragi yo‘q. O‘sha birov eshitib qolmadimikan, degan ma’noda alanglab qarab qo‘yishining o‘zi etadi. Kim mazkur holdagi gapni boshqalarga aytsa, omonatga xiyonat qilib, chaqimchilik qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Noyabr 2023, 13:47 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar