Bolalar uchun adabiyotlar

Assalomu alaykum! «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati a’zolari. Ma’lumki Islomda farzand tarbiyasi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Farzandlarimiz 2-4 yoshga etgach, barcha ota-onalar ularga turli ertak kitoblari sotib olib, kechalari o‘qib berishadi. Bu esa, tabiyki bolaning tarbiyasiga, fikrlash doirasining kengayishiga, aqliy rivojlanishi uchun juda foydalidir. Qadrli ustozlar, bugungi kunda musulmon oilasida unib o‘sayotgan bolalarga ham shunday ertak kitoblarini o‘qib berishadi. Buni foydali emas deb hech kim aytmaydi albatta. Biroq, farzandlarimizning diniy ruhda o‘sishlari, shuningdek o‘z dinlari tarixini, islom tarixida yashab o‘tgan buyuk shaxslar, sahobalarning hayotlarini yoshlikdan o‘rganishlari imkonini beruvchi, bolalar uchun mo‘ljallangan, ishonchli ma’lumotlardan iborat adabiy kitoblarga ham bugungi kunda ehtiyoj tug‘ilmoqda. Kitob rastalarida shunga o‘xshash kitoblar bor, lekin bu adabiyotlar ishonchli manbaalar asosida yozilgani bir qarashda ajratish mushkul. Sizlardan iltimosimiz kelgusida shunday bolalar uchun yozilgan asarlarni nashr qilsangizlar. Bugungi tahlikali vaziyatda bolalarimizni sof Islom aqidasida tarbiyalashimiz, ularning kelajakda halol va haromni ajrata olishlari va jamiyat uchun faqatgina foyda beradigan, eng muhimi dunyo va oxiratda najot topishlari uchun bunday adabiyotlar juda foydali bo‘lishiga umidim bor. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘linglar. Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!https://old.islom.uz/content/category/19/36/109/

26 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar