Qarzni ortiqchasi bilan qaytarsa sudxo‘rlikmi?

Assalomu alaykum! Men bir yaqin tanishima 45.000so‘m qarz bergan edim. Men pulni qachon qaytarishini xam aytmagan edim va menga faloncha qilib qaytarasan xam demagan edim. Qarzni qaytarish vaqti kelganda u menga 50.000 so‘m qilib tashlab berdi. Men sizga 45.000 berganman bundan oshiqchasini olsam ribo bo‘lib qoladi desam, yo‘q olavering men roziman. Rozi bo‘lib bersa xarom bo‘lmaydiku dedi. Aytingchi uning gapi to‘g‘rimi? Men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Qarzni ziyodasi bilan qaytarib berishYuqorida aytib o‘tganimizdek, foydani ko‘zlab qarz berish joiz emas. Lekin foyda shart qilinmay yoki urfga kirmay, qarz olgan odam qarzni chiroyli ado qilish ma’nosida olgan qarziga o‘z ixtiyori bilan biron narsa qo‘shimcha qilsa, bu yaxshidir. وعن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما قال: كان لي علي رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حق، فاعطاني و زادني.Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mendan qarzlari bor edi. U zot menga haqqimni qaytarib, ziyoda ham qilib berdilar. 
Buxoriy rivoyat qilgan. وروي عن ابن كعب وابن مسعود وابن عباس رضي الله عنهم جميعاً، أنهم نهوا عن قرض جر منفعة، لأن القرض عقد إرفاق وقربة، فإذا شرط فيه منفعة، خرج عن موضوعه، فيجب على المسلم أن ينتبه لذلك ويحذر منه، ويخلص النية في القرض وفي غيره من الأعمال الصالحة، فإن القرض ليس القصد منه النماء الحسي، وإنما القصد منه النماء المعنوي، وهو التقرب إلى الله عز وجل، بدفع حاجة المحتاج، واسترجاع رأس المال، فإذا كان هذا القصد في القرض، فإن الله تعالى ينزل في المال البركة والنماء والطيب     Ibn Ka’b, Ibn Mas’ud va Ibn Abbos roziyallohu anhumlarning barchasi foyda keltiradigan qarzdan qaytargani rivoyat qilinadi, chunki qarz rahm-shafqat va Allohga qurbat hosil qilish aqdi bo‘lib, unga qo‘shimcha foyda shart qilinadigan bo‘lsa, ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lmay qoladi. Musulmon odam buni bilishi, undan saqlanishi hamda qarz va boshqa solih amallarda niyatni xolis qilishi lozim bo‘ladi. Qarz muomalasidan maqsad moddiy o‘sish emas, balki ma’naviy taraqqiyot, Allohga muqarrab bo‘lishdir. Qarzda muhtojning hojatini chiqarib, berganining mislinigina qaytarib olish ko‘zda tutiladi. Agar mo‘min shu maqsadda qarz beradigan bo‘lsa, Alloh uning moliga baraka berib, ko‘paytiradi va poklaydi. Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 09:30 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar