Tahoratsiz imom bo‘lish
Assalomu alaykum! Jamoatda ikki kishi meni qo‘ymay imomlikka o‘tkazgan o‘shanda 15-16 yosh bo‘ganman. Meni taxoratim yo‘q edi. O‘qimasam darsga kirishim kerak qazo bo‘ladi. O‘zi tayammum qilaman deb kegandim uyaldim keyin fikr keldi xozr namozi norostakasm o‘qib turiy keiyn ula ketgandan keyin tayammum qilib o‘qvolaman dedim. Farziga keganda 1-kishi imomlikka o‘tomiman bomdod o‘qimaganman dedi 2-kishi imomlikka o‘tolmiman dedi. Shunda kilib meni yo‘q deyishimga qaramay qo‘ymay o‘tkizvorishdi. Ilmsizligim sababli o‘tdim lekin katta gunox qilganligimni bilardim. Men keyin qaytadan o‘qidim lekin keyinchalik o‘sha 2 bolani topolmadim. Endi namoz o‘qib ikkalasiga bag‘ishlavorishim kerakmi? Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qib uning savobini ularga bag‘ishlavorish bilan ish bitmaydi. Ular o‘sha namozni o‘zlari qayta o‘qib olishlari shart. Agar ularga o‘sha namozni qayta o‘qishlari lozimligini aytib qo‘ymasangiz oxirat kuni sizning yoqangizdan tutadilar. Vallohu a’lam!
29 Noyabr 2023, 09:50 | Savol-javoblar | 0 | Namoz