Etimni xaqqi emasmi?!
Assalomu alaykum! Yaqinda mahallamizda 32 yoshli navqiron yigitni mashina urib ketdi, yigit voqea joyida halok bo‘lib, farzandlari etim qoldi. Ikki-uch kun oldin vafot etgan yigitning qarindoshi menga «falonchi kunga iftorlikka o‘ting» deb o‘sha vafot etgan yigitning uyiga taklif qildi, men u kishiga «ular Xudoyi qilishi yaxshi emas, etim bolalari qolgan, bizdan ko‘ra o‘shalar xaqliroq» dedim. U kishi «Xudoyi (iftorlik)ni mashinasi bilan urib ketgan yigit qilib beryapti» dedi, men «Yaxshisi pulini marxum yigitning oilasiga, ya’ni bolalariga berish kerak» dedim, u kishi «ularga ham bergan, iftorlik ham qilib beray deyapti» dedi, men «Xudoyi (iftorlik)ni pulini ham oilasiga berish kerak edi» dedim. Savol:O‘sha Xudoyi (iftorlik)ga borib taom eyish joizmi? Bu bilan etimni haqqini eb qo‘ymaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Etimlarning molidan qilinmasa, hammasini boshqa odam qilib bersa, joiz. Lekin taqvo yuzasidan o‘sha mablag‘ni oilasiga berish yaxshi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom