Otani qiblagoh deyish

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir necha bor eshitdim, ota haqida gapirishsa «Qiblagohimiz» deb gapirishadi. Bu qanday ma’noni bildiradi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiblagoh ma’joziy ma’no bo‘lib, hamma vaqt ko‘z oldimda, nigohim u zotga tikilgan ma’nosini bildiradi. Sanadi zaif bo‘lsada Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Ka’baga nazar qilish ibodat, ota-onaning yuziga nazar qilish ibodat va Allohning kitobiga nazar qilish ibodat” deganlari rivoyat qilingan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar