Ro‘za tutishda aniq vaqt
Assalomu alaykum! Hozirgi paytda ro‘zadorlar uchun og‘iz yopish va ochish vaqtini belgilash uchun taqvimlar nashr qilinyapti. E’tiborli jihati shundaki taqvimda minutlarigacha qat’iy aniq ko‘rsatilgan. Aytmoqchi bo‘lganim Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrlarida soat degan buyum bo‘lmagan. Daqiqa va soniyalar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Kunga qarab og‘iz yopasiz, kunga qarab og‘iz ochasiz mazmunidagi rivoyatlarni ham eshitgandekman. Bolaligimda buvimlardan ham eshitganman og‘izni ochish va yopish hususida, (balkim buyam Rasulullohdan rivoyatdir) qorong‘u va yorug‘ tushish vaqti, g‘ira-shiralik darajasi kesak otganda ko‘rinmaydigan holatgacha deb. Demak taqvimda yozilganidan ma’lum muddat (daqiqa) kechikib og‘iz yopilsa zarari yo‘qmi? (chunki o‘sha paytda kun hali qorong‘u bo‘ladi)
Yuqoridagi savolimdan kelib chiqadiki, ba’zan ulgirmay qolib taqvimdagi belgilangan vaqtdan 5 daqiqa kechroq og‘izni yopsam, buni evaziga iftorlik paytida ham taqvimdagi vaqtdan 5 daqiqa kech ochsam tog‘ri bo‘ladimi yoki saharlikdagi qilgan »aybim» ga qaramay vaqtida ochganim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz, har bir inson dengizda yulduzga qarab yo‘lni topib ketish darajasicha ilmni o‘rganishni shart qilmaydi. Lekin qachon qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik boshlanishini, qachon namoz vaqtlari kirib qachon chiqishi darajasida bilishni shart qilgan. O‘zi bilolmasa biladigan zotlarga masalan namoz borasida muazzinga, oy borasida muftiy yoki qoziga suyanishgan. Ularda hozirgi kunimizda alifboni tanimaydigan odam kam bo‘lganidek yuqoridagilarni bilmaydiganlar juda kam bo‘lgan. Muazzinlar ilmli, javobgarlikni to‘liq bo‘yniga olgan bo‘lishgan. Hozir esa uning aksi. Hamma yoq chiroq bilan yoritilgani uchun, namozxondan ko‘ra benamoz ko‘p bo‘lgani uchun, falakiyot ilmini biladiganlar ham falakiyot qorong‘uligi, uning yorug‘ligi, oyning tug‘ilishi, ko‘rinishini yaxshi bilmagani uchun (bu ularning o‘zlari tan olgan. Ba’zi etik olimlar bundan mustasno)yoki shariatga tatbiq qilishda oqsaganlari uchun shu muammolar kelib chiqmoqda. Shuning uchun fatvo bergan odamning gapiga suyaning, xato qilsa qiyomatda o‘zi javob beradi. Oyni va saharlik tugash vaqtini aniqlash uchun avvalo subhi sodiq, subhi kozibning ilmini, bir hafta yoki o‘n kun emas yil bo‘yi fasllarni o‘zgarishiga qarab, yulduzlarning joylashishiga qarab tajriba o‘tkazish shart. Tajriba o‘tkazadigan joy ham tanlanishi shart. Hozirda odamlar o‘n ikkinchi qavatdagi odam birinchi qavatdagi odamdan oldin og‘iz yopib oldin ochishni ham bilmayapti. Shaharni chekkasida, baland joyda joylashgan ro‘zador uch to‘rt minut keyin ochishini ham bilmayapti. Vaholanki quyosh ko‘rinib turadi. Ko‘rinib ko‘rinmaydigan tong haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Hatto siz ham oy to‘lgan kechada kechaning yarmida ham kesak ko‘rinishi, oy yangi chiqqanda ko‘rinmasligini o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak. O‘sha ilmni puxta o‘rganib, yillarcha tajriba o‘tkazgan Abu Rayhon Beruniy quyosh erdan o‘n sakkiz daraja pastaligida bizning diyorlarda tong otishini aytganlar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar