Brakanerlarga qarshi

Assalomu alaykum! Men o‘zim baliqchiman aniqrog‘i xobbiyim baliq tutish keyingi 4-5 yillikda brakanerlarni dastidan baliq tutish muammo bo‘lib qoldi (brakaner deganda kurma og‘, sanchqi, to‘q urdirivchilarga aytiladi) ekologiya xodimlari yaxshi ishlamaganni xisobiga balikchilar yuqori tashkilotlarga ariza bilan chiqishgani uchun ularga yordamchi ekolog degan knijka berishdi. Keyin balikchilarni o‘zlari ularga qarshi kurashib kelishyapti. Shundan so‘ng baliqlar ko‘paymoqda. Sal uzunroq bo‘ldi uzr. Savolim men xam shu jamoaga qo‘shilmoqchiman qiladigan ishimiz brakanerlarni ushlashimiz kerak ushlasak ularga 5 barobardan 30 barobargacha shtraf urishadi. Mani o‘ylantirayotgan narsa ularni shtraf qildirsak gunoxkor bo‘lmaymizmi? Ularni kasriga qolmaymizmi chunki ular shu yul bilan oila boqishga o‘tib ketishgan. Bizga u ishga kirishimizdan maqsad tabiatni muxofaza qilish oylik berishmaydi lekin. (Bu yildan shtrafni 20 % ni bonus qiladigan gap bor bizga xalolmi? Xalol bo‘lmasa u pulni nima qilgan maqul). Allohga shukur tadbirkorman 20% ga qiziqayotganim yo‘q, Alloh guvox maqsadim ularga qarshi kurashish shu tashkilotga kirsam bo‘ladimi birovni uvoliga qolmaymanmi brakanerlarni dastidan ko‘p baliqchilar baliq tuta olishmayapti uzun bo‘lib ketgani uchun uzr savolim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 13:10 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar