Muhammad ismini qo‘yish

Assalomu alaykum! Telegramda «Muhammad ismi haqida» nomli audio eshitgan edim. U erdagi «domla»ni aytishicha «Hadislardan: “Kim o‘g‘lonlik bo‘lsa, aytsa agar Payg‘ambar alayhissalotu vassalamni niyat qildim ul zotni yaxshi ko‘raman deb farzandiga meni ismimni qo‘ysa agar, o‘sha tug‘ilgan o‘g‘lonni ham o‘sha ismni qo‘yganlarni ham Alloh ularni Jannatga kirgazadi” dedilar. Ikkinchi hadisda: kimni qizlari ko‘p bo‘lsa desa, agar to‘g‘ilajak farzandimni Muhammad deb qo‘yaman desa o‘sha o‘g‘il bo‘ladimi, dedilar Uchinchi hadisdan: “qaysi ayolni qornida bola yashamasa(turmasa) aytsa agar tug‘ilajak bolani ismini Muhammad deb qo‘yaman desa mana shu bola yashab qoladi” dedilar. Bir jamoa o‘rtasida bitta Muhammad o‘tirgan bo‘lsa shu Muhammadni Hurmatidan shu jamoaga barakot yog‘adi dedilar, maslahatlar, bizneslar, shartnomalar shunda Muhammad degan ism qo‘shilgan bo‘lsa shunda Alloh tabaroka va taoloning barakoti yog‘adi” dedilar. Hikoya etiladi: Bani Isroilda bir banda bo‘lgan ekan, bir yil gunoh, ma’siyat qilgan ekan shu olamdan o‘tganda, jasadini, ahlatxonaga olib chiqishgan ekan. Shunda harzati Muso(alayhissalom)ga vahiy kelibti: «Ey Muso, bandamni ahlatga tashadilar, uni chiqarib pokizalab janoza o‘qib ko‘ming». Hazrati Muso kelib uni ahlatxonadan chiqaribtilar. Odamlar: hazrati Muso(adayhissalom) nima qilasiz, qo‘ying, bu gunohkor, iflos inson edi deyishibti, shunda hazrati Muso(alayhissalom) Allohga nido qilib bu bani Isroildagi bandalaring bir yil gunoh qilgan deb guvohlik beryaptiku debtilar. Shunda vahiy kelib: “Ey Muso bu bandam gunoh qilgan edi, lekin bu bandam har gal Tavrot ochilsa Muhammad so‘zini ko‘rib qolsa ko‘zi tushsa haligini o‘pib ko‘ziga surtardi manashuni hurmatidan gunohini kechirdim, Jannatdagi ming hurga shuni juft qilib qo‘ydim” dedi. Mabodo, Muhammad degan ismli o‘g‘lini urshib qo‘ysa kofir bo‘lib, xotini taloq bo‘lar ekan.» Shu hadislar sahihmi? Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha domlaning o‘zidan so‘rash kerak ekan. Bunday sahih hadis yo‘q, keltirganlarining ba’zisi tajribadan ma’lum bo‘lsa ba’zilari isroliyotlarda kelgan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 179 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar