Nomoz uchun sharoit yo‘q
Assalomu alaykum! Avvalambor savolim uchun uzur. Men qishloqga turmushga chiqqanman. O‘zim ham qishloqdanman. Bizda hammom yo‘q, boradigan xonadonimda ham hammom yo‘q ekan. Qish kunlari sovuq bo‘lsa ham tashqarida qorongi payti tahorat olaman. Lekin yoz paytlari kun yorishyotgan bo‘ladi. Qizlik uyimda amallayapman lekin turmushga chiqsam men tashqarida tahorat olsamu biror nomahram ko‘rsa men nima qilaman. Hojatxonada tahorat olsam o‘tadimi yoki bunday najas bor joyda tahorat qilinsa o‘tmaydimi? Turmushga chiqqanimdan keyin 1 oylar o‘qimay tur deyishyapti, lekin men qazo qilishni istamayamn. Birga bo‘lganimdan keyin g‘usl qilmasdan tahorat qilib bomdodni ado etsam bo‘ladimi yoki g‘usl qilinmasa tahorat o‘tmay qoladimi? Shu masalada juda qiynalyapman. Qiz bola bo‘lib bunday savol berganim uchun kechirng.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaqinlikdan so‘ng g‘usl qilish shart. G‘usl o‘rniga tahorat qilish kifoya qilmaydi. Kuyov tahorat va g‘usl uchun kerakli sharoitlarni yaratib qo‘yishi shart. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 10:40 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar