Protein

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizlarga bilmagan narsalarimizda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganlaringiz uchun Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Men bir yillik vatan xizmatiga borish uchun tib komissiyadan o‘tdim, hammasi joyida. Faqat vaznim bo‘yimga to‘g‘ri kelmas emush. Vaenkom menga protein iste’mol qilib semirishimni aytdi. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عائشة أرادت أمي تعالجني للسمنة لتدخلني على النبي فما استقام لها ذلك حتى أكلت الرطب بالقثاء فسمنت كأحسن سمنة أخرجه بن ماجةOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kirishim uchun semirishimga onam muolaja qilmoqchi bo‘ldilar. Hech bo‘lmay oxir xurmo bilan tarra(bodring) edim. Shunda juda semirdim. Ibn Moja rivoyati. Protoin ham sog‘likka zarar qilmasa va foydali bo‘lsa, bo‘ladi. Ammo chiroyli ko‘rinish uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar