Hadis sanadi haqida

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday ma’noda hadis bormi? Menga ikkita odam kelib hukm so‘raydi. Biri dalil keltirishga uddaburon bo‘lganligi uchun shu odam foydasiga fatvo chiqarib bersam, u o‘zi nohaqligini bilsa mening fatvoim bo‘lsa ham olmasin. Chunki men do‘zaxdan bir cho‘g‘ bergan bo‘laman. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha shunday hadis bor. أَنَّ أُمَّهَا أُمَّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا زَوْجَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَخْبَرَتْهَا عَنْ رَسُولِ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنَّهُ سَمِعَ خُصُومَةً بِبَابِ حُجْرَتِهِ، فَخَرَجَ إِلَيْهِمْ، فَقَالَ: إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ، وَإِنَّهُ يَأْتِينِي الْخَصْمُ، فَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَنْ يَكُونَ أَبْلَغَ مِنْ بَعْضٍ، فَأَحْسِبُ أَنَّهُ صَدَقَ، فَأَقْضِيَ لَهُ بِذَلِكَ، فَمَنْ قَضَيْتُ لَهُ بِحَقِّ مُسْلِمٍ فَإِنَّمَا هِيَ قِطْعَةٌ مِنَ النَّارِ، فَلْيَأْخُذْهَا أَوْ فَلْيَتْرُكْهَا  Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Ummu Salama roziyallohu anho bunday xabar qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujralari eshigi oldidagi tortishuvni eshitib, ularning oldiga chiqdilar va: «Men bir basharman, xolos. Mening oldimga da’volashganlar keladi. Ba’zingiz ba’zingizdan so‘zamolroq bo‘lishingiz mumkin. Natijada men uni to‘g‘ri aytdi, deb hisoblab, o‘sha narsani uning foydasiga hukm qilaman. Lekin kimning foydasiga bir musulmonning haqqini hukm qilgudek bo‘lsam, bu do‘zaxdan bir bo‘lakdir.
(Istasa) uni olsin yoki tashlasin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar