Adashgan toifa

Assalomu alaykum! Hozir besunnatlar ya’ni sunnat inkorchilari, bizga Qur’onni o‘zi etadi degan da’vo bilan ba’zi musulmonlarni yo‘ldan ozdirishyapti. Mening bir tanish akam ularning so‘zidan tasirlangan. Shu darajaga etdiki, namozni ham inkor qilyapti, ulomolarni ilmini tan olmaydi, muhaddislarni yolg‘onchi deydi. So‘zlariga qarshi dalillar keltirsa, qabul qilmaydi. Bunaqa bit’atchilar bilan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahli ilm suhbatiga olib borish kerak. Bunisining gapini olmagan bo‘lsa undan ilmlirog‘iga olib boring. Oxir oqibat birining gapini albatta oladi va xatosini tushunib etadi. حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ الْقَارِيُّ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ قَالَأَخْبَرَنِي سَهْلٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَعْنِي ابْنَ سَعْدٍ قَالَقَالَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَوْمَ خَيْبَرَ: «لَأُعْطِيَنَّ الرَّايَةَ غَدًا رَجُلًا يُفْتَحُ عَلَى يَدَيْهِ، يُحِبُّ اللهَ وَرَسُولَهُ، وَيُحِبُّهُ اللهُ وَرَسُولُهُ». فَبَاتَ النَّاسُ لَيْلَتَهُمْ أَيُّهُمْ يُعْطَى، فَغَدَوْا كُلُّهُمْ يَرْجُوهُ، فَقَالَ: «أَيْنَ عَلِيٌّ؟» فَقِيلَيَشْتَكِي عَيْنَيْهِ، فَبَصَقَ فِي عَيْنَيْهِ وَدَعَا لَهُ، فَبَرَأَ كَأَنْ لَمْ يَكُنْ بِهِ وَجَعٌ، فَأَعْطَاهُ، فَقَالَأُقَاتِلُهُمْ حَتَّى يَكُونُوا مِثْلَنَا؟ فَقَالَ: «انْفُذْ عَلَى رِسْلِكَ حَتَّى تَنْزِلَ بِسَاحَتِهِمْ، ثُمَّ ادْعُهُمْ إِلَى الْإِسْلَامِ، وَأَخْبِرْهُمْ بِمَا يَجِبُ عَلَيْهِمْ، فَوَاللهِ لَأَنْ يَهْدِيَ اللهُ بِكَ رَجُلًا خَيْرٌ لَكَ مِنْ أَنْ يَكُونَ لَكَ حُمْرُ النَّعَمِSahl roziyallohu anhu, ya’ni Ibn Sa’d shunday xabar qiladi:
«Xaybar kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ertaga tug‘ni qo‘lida fathga erishiladigan, Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko‘radigan, Alloh va Uning Rasuli ham yaxshi ko‘radigan kishiga beraman», dedilar. Odamlar tunlarini «U kimga berilarkin?» deb o‘tkazishdi. Ertasiga har birlari o‘shani umid qilib kelishdi. U zot: «Aliy qani?» dedilar. «Uning ko‘zi og‘riyapti», deyishdi. U zot uning ikki ko‘ziga tuflab qo‘yib, haqqiga duo qildilar. U hech qanday og‘riq bo‘lmaganday tuzalib qoldi. (Tug‘ni) unga berdilar. U: «Bizdek bo‘lmagunlaricha ularga qarshi jang qilamanmi?» dedi. U zot: «Erlariga tushguningcha oralariga ohista bor. Keyin ularni Islomga chaqir va zimmalariga nimalar vojib bo‘lishini xabar qil. Allohga qasamki, sen tufayli Alloh bir kishini hidoyat qilishi sen uchun qizil tuyalaring bo‘lganidan yaxshidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 12:50 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar