Falonchini Alloh kechirmaydi - hadisi

Assalomu alaykum! Jundub ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qilib aytadilar, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: “Bir kishi - Allohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, falonchini Alloh taolo kechirmaydi, dedi. Shunda Alloh taolo: Kim u Mening nomimdan falonchini kechirmasligimga qasam ichayotgan. Bilib qo‘yki, Men uni kechirdim va sening amallaringni bekor qildim, deb aytdi” (Imom Muslim rivoyati) Ustoz shu hadisni batafsil sharhlab bersangiz. Bu qasam ichgan kishining amallari nega xabata qilindi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Falonchini Alloh taolo mag‘firat qilmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Shu bilan birga, qilgan gunohi berkitilgan holda qolgan mo‘min bandaning yaxshilikdan umidvor bo‘lishiga katta yo‘l bor. عَنْ جُنْدَبٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدَّثَ: «أَنَّ رَجُلًا قَالَ: وَاللهِ لَا يَغْفِرُ اللهُ لِفُلَانٍ، وَإِنَّ اللهَ تَعَالَى قَالَ: مَنْ ذَا الَّذِي يَتَأَلَّى عَلَيَّ أَنْ لَا أَغْفِرَ لِفُلَانٍ، فَإِنِّي قَدْ غَفَرْتُ لِفُلَانٍ، وَأَحْبَطْتُ عَمَلَكَ». أَوْ كَمَا قَالَ Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday aytib berdilar: «Bir kishi: «Allohga qasamki, Alloh falonchini mag‘firat qilmaydi», degan edi, Alloh taolo: «Meni falonchini mag‘firat qilmaydi deb nomim bilan qasam ichadigan kim o‘zi?! Men o‘sha falonchini mag‘firat qildim, sening amallaringni esa habata qildim», dedi». Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar