Nazr Behuda yoki chin?

Assalamu alaykum! Bundan bir necha oy avval kofe ichishga o‘rganib qolgan edim va sog‘lig‘imga yomon tasir qilayotgan edi. O‘shanda "endi qachon kofe ichsam falon miqdorda (men uchun kattaroq mablag‘) sadaqa qilaman" deb ahd qilgan edim. Shu kundan beri kofe iste’mol qilmadim. Savol: Endi bir umr qachon kofe iste’mol qilsam o‘sha miqdorda sadaqa qilishim vojib bo‘ladimi? "Hadis va hayot" ning Nazr haqidagi juzni o‘qib chiqdim. Aniq javob hosil qila olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir marotaba o‘sha ishni qilishingiz bilan nazringizni bajarishingiz lozim bo‘ladi. Shu bilan bu gapingiz echiladi. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 13:00 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar