G‘uslga hamda musofir namozi

Assalomu alaykum! Men o‘zga yurtda ishlayman. Vagonchada 6 kishi turamiz. Taxorat qilishga sharoit bor ammo g‘usl qilishga sharoit xozircha yo‘q. 1. Tunda extilom bo‘lib g‘usl vojib bo‘lib qolsa nima qilsam bo‘ladi? 2. Men xozirda namozlarimni oldin o‘z yurtimda qanday o‘qigan bo‘lsam shunday o‘qiyman lekin qasr qilib o‘qish kerak deb eshitdim musofirda namozimni qanday o‘qisam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bitta tog‘ora va bir chelakda suv bo‘lsa g‘uslga kifoya qiladi. Ehtilom bo‘lganda g‘usl qilish shart. O‘zingiz uchun sharoit hozirlang.2). O‘sha erda 15 kun va undan ortiq turishni niyat qilgan bo‘lsangiz namozlarni to‘liq o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 151 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar