Allohdan o‘zgasiga suyanib qolish

Assalomu alaykum hazrat, yordamingizga muhtojman. Sizning javobingiz men uchun muhim. Iltimos savolimga imkon qadar javob bering.Savolim menga oq sut bergan volidam haqlarida.Onam yurtimizga mustaqillik endi kirib kelgan vaqtlardanoq islom diniga berildilar. Halol, haromni keyinchalik otamga ham tushuntirdilar. Ko‘kaldoshni tamomladilar. Qur’on va hadislarni sevib o‘qir edilar. Hijob kiyib yurgan vaqtlarida bu qopku deya kulganlar ham bo‘ldi. Chidab engib chiqdilar. Nafsning quli bo‘lmadilar. Muborak Haj safariga borib keldilar . Allohga shukr qilaman shunday zotning farzandi bo‘lganim uchun.Muammo shundaki, onam bir insonga suyanib va ishonib qoldilar. Agar men kasal bo‘lsam farzandlarim yonimda bo‘lolmaydi, shu meni kunimga yaraydi, shu qaraydi, issiq sovug‘imdan xabar oladi degan fikr ularga mahkam o‘rnashib oldi. Shu insondan hayiqib ehtiyot bo‘lib iltifot bilan gaplashadilar. Noto‘g‘ri fikrayotganlarini tushuntirmoqchi bo‘ldik. Shu vaqtgacha hech kimni gapini tan olmadilar.Onamga qay yo‘l bilan tushuntirish mumkin. Onam Allohdan o‘zgasiga ishonyabdilarmi yoki men onamni boshqa bir insondan qizg‘onyabmanmi? Maslahat bering, qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Onaningizga gapi o‘tadigan odamdan yordam so‘ranglar.

6 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 142 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar