Benamozlik xaqida
Assalomu alaykum! Benamoz inson agar olamdan o‘tsa lekn mo‘min bo‘lib yashagan kalima keltirgan ammo namoz o‘qishga ulgirmagan bo‘lsa g‘aflatta qolib olamdan o‘tgan bo‘lsa u inson xam xuddi kofirlarga munofiqlarga beriladigan azob beriladimi u bandani jannatga kirishi qiyin kechadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki shahodat kalimasini aytgan ekan u mo‘mindir va albatta jannatga kiradi. Ammo namoz o‘qimagani tufayli jazo olishi bor. Bu azob qanday bo‘lishi Alloh taoloning o‘ziga ayon. Savol marhum haqida ketayotgan ekan, unga berilajak azob dahshati haqida emas, qanday qilib uni engillatish va daf qilish haqida bosh qotirsak o‘rinli bo‘ladi. Buning uchun sizlar yoki boshqa moddiy imkoniyati bor insonlar marhumning qoldirgan farz namozlari va ro‘zalari uchun fidya berib qo‘ysinlar. Uning haqqiga istig‘for aytishni ko‘paytiringlar. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مَنْ كَانَ آخِرُ كَلَامِهِ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ دَخَلَ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُMuoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning oxirgi kalomi «Laa ilaaha illallohu» bo‘lsa, jannatga kiradi», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar va Hokim sahih, degan.عَنْ أَنَسٍ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: يَخْرُجُ مِنَ النَّارِ مَنْ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَفِي قَلْبِهِ وَزْنُ شَعِيرَةٍ مِنْ إِيمَانٍ، وَيَخْرُجُ مِنَ النَّارِ مَنْ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَفِي قَلْبِهِ وَزْنُ بُرَّةٍ مِنْ إِيمَانٍ، وَيَخْرُجُ مِنَ النَّارِ مَنْ قَالَ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَفِي قَلْبِهِ وَزْنُ ذَرَّةٍ مِنْ إِيمَانٍ. قَالَ أَبُو سَعِيدٍ: فَمَنْ شَكَّ فَلْيَقْرَأْ.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim «Laa ilaaha illallohu» desayu, qalbida arpa doni vaznicha iymoni bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi. Kim «Laa ilaaha illallohu» desayu, qalbida bug‘doy donasi vaznicha iymoni bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi. Kim «Laa ilaaha illallohu» desayu, qalbida zarra vaznicha iymon bo‘lsa, do‘zaxdan chiqadi», dedilar.
Abu Sa’iyd:
«Kim shak qilsa: «Albatta, Alloh zarra misqolicha zulm qilmas», oyatini tilovat qilsin», dedi».
Sharh: Musulmonlar jumhurining ittifoq qilishicha, osiy mo‘min do‘zaxga tushadi va qilgan gunohiga yarasha azobini tortadi. So‘ngra do‘zaxdan chiqadi. Do‘zaxga tushish u yoqda tursin, jannatga kirish uchun bir oz kutish ham katta hijolatga sabab bo‘ladi. Shundan keyin ham ba’zi odamlarning «Baribir do‘zaxdan chiqilar ekan-ku» deb, ba’zi gunoh ishlarni qilishlarini tushunish qiyin.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Shahodat kalimasining ulug‘ligi.
2. Kim shahodat keltirgan bo‘lsa, oxir-oqibat do‘zaxdan chiqishi.
3. Shahodat kalimasini aytishning o‘zi kifoya qilmay, qalbda iymon bo‘lishi ham shartligi.
4. Qalbdagi iymon zarracha, bug‘doy yoki arpa donicha ham bo‘lishi, ya’ni juda kichik bo‘lishi ham mumkinligi.
5. Mo‘minlar ham osiy bo‘lsalar, do‘zaxga tushadilar.
6. Gunohi kabira qilgan mo‘min kofir bo‘lmasligi va do‘zaxda abadiy qolmasligi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 16:40 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar