Dehqonning haqi
Assalomu alaykum! Ustozlar, o‘tgan safargi savolimni javobini o‘qidim. Xo‘jayin bilan men savdoni boshida dehqonga karobkani og‘irligini 2kiloga olishimizni aytib qo‘yardik. Men faqat ishchilarga mevani uzdirib o‘zim ham ishlayman va menga mevani orzon yoki qimmat olishimizga qarab haq beradi. Masalan meva 1tonna chiqsa menga xo‘jayin kilosiga 300 so‘m jami 300000 haq to‘layd va bu 1tonna meva tahminan 50 karobkaga joy bo‘lib mevaning narxi 7000 bo‘lsa dehqon 1 karobkadan 3500 ziyon ko‘radi. Menga bundan ziyon ham foyda ham yo‘q, lekin bari bir xo‘jayn menga ish haqqini beradi. Shu pullarimni halol qilmoqchiman. Xo‘jayinga aytsam baribir dehqonni haqqini bermaydi. Men dehqonlarni haqqini qanday to‘lay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tajribadan ma’lumki bu kabi ish tutgan hamma savdogarlar bo‘yniga minglab insonlarning haqqlarini olib xor bo‘lib o‘lib ketishdi. To‘g‘ri ba’zilari bu ish bilan 10 yil foydalandi, ba’zilari 15 yil, lekin aniqki xor bo‘lib o‘lishdi. Zimmalarida savobidan ham ko‘p bo‘lgan qarzlarni olib ketishdi. Karobkaga solmasdan oldin karobka kilosini aniq qilib olish kerak. Chiqarishda o‘sha kiloni chiqarish kerak. Siz u gunohga yordam beruvchilardan bo‘lmang. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom